Koreya Respublikasi hukumati tomonidan taqdim etilgan budjet loyihasiga ko‘ra, 2024-yilda Ukrainaga turli ko‘rinishdagi yordam uchun 520 milliard von (393 million dollar) ajratishi kutilmoqda. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.
Janubiy Koreya hukumati xorijiy mamlakatlar taraqqiyoti uchun yordam berishga sarflanadigan umumiy xarajatlarni 6,5 trillion von miqdorida belgilashni taklif qilmoqda.
25-avgust kuni Finlyandiya Kiyevga 94 million yevrolik harbiy texnika yetkazib berishi xabar berilgandi. Mazkur yordam paketida avval yetkazib berilgan mudofaa qurollarini almashtirish uchun yangi harbiy texnikalar o‘rin olgan. Shuningdek, Finlyandiyaning Ukrainaga taqdim etgan barcha harbiy yordam paketlarining umumiy qiymati taxminan 1,3 milliard yevroga yetgani ma’lum qilingan.
Izoh (0)