Donald Trampning o‘g‘li otasining qamoqxonadagi fotosurati aks etgan buyumlarni sotishni boshladi. Bu haqda kichik Tramp ijtimoiy tarmoqlarda yozgan.
Ta’kidlanganidek, assortimentda krujkalar, plakatlar va futbolkalar mavjud. U sotuvdan tushgan mablag‘ni Huquqiy mudofaa jamg‘armasiga yuborishga va’da berdi.
Avvalroq Fulton okrugi sherif idorasi Amerikaning 45-prezidentining qamoqxonadagi fotosuratini (mugshot deb ataladi) e’lon qilgan edi. Tramp AQSH tarixida hibsga olinishi paytida suratga tushgan birinchi davlat rahbari bo‘ldi.
Tramp 24-avgust kuni kechqurun politsiyaga taslim bo‘ldi. Uning o‘zi Jorjiya shtatining Atlanta shahridagi Fulton okrugi qamoqxonasiga keldi. Fulton okrugi sherifi idorasida mazkur tarixiy surat olindi.
AQSHda avval ham 1-darajadagi siyosatchilar hibsga olingan, ammo ular suratga olinmagan.
Izoh (0)