• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Insult bo‘lganimdan keyingi voqealarni eslolmayman” — Aktrisa Zamira Beshimova sog‘lig‘i sabab rollar ijro etmayotgani haqida (video)

    “Qor qo‘ynida lola”, “O‘tov”, “To‘qlikka sho‘xlik”, “Odnoklassniki” kabi filmlardagi turfa obrazlari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan aktrisa Zamira Beshimova so‘nggi paytlarda ekranlarda ko‘rinmay qoldi. U “Daryo”ga bergan intervyusida ushbu holatni salomatligi bilan bog‘liq muammolar bilan izohladi. 

     

    — Inson yoshi ulg‘aygan sari o‘zi uchun nima kerakligini va muhimligini anglar ekan. Hozir men farzandlarimga kerakligimni angladim. Bir muddat ijodga alohida e’tibor berdim, ishtirokimdagi filmlarning keti uzilmadi. Ammo bu sog‘lig‘imga yomon ta’sir etdi. Chunki hamisha menga qiynalgan jabrdiyda ayollarning rolini berishadi. Men rolni ichimdan his qilib ijro etaman. Afsuski, bu yurakka yomon ta’sir qilar ekan. Shu bois biroz tanaffus qilishga, sog‘lig‘imga va farzandlarimga yetarlicha vaqt ajratishga qaror qildim. Ayrimlar o‘ylagandek, ijoddan butunlay uzilganim yo‘q. Yosh iste’dod egalariga saboq beruvchi ijodiy studiyam bor, — deydi aktrisa.

    Zamira Beshimova 2021-yili boshiga og‘ir musibat tushgani va ikki kun komada bo‘lgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: “Daryo”

    — Bu narsani kasb kasalligi desam ham bo‘ladi, ko‘plab aktyorlarning qon bosimi yoki yuragi bilan bog‘liq muammosi bor. Yaratganning mehribonligini qarangki, o‘sha kuni onam bizning uyga mehmonga keldi. Balki, onamning ko‘ngli sezdimi, o‘sha kuni uyimizda uxlab qoladigan bo‘ldi. Rosti, o‘sha kundagi voqealar qanday sodir bo‘lganini ham bilmayman. Ko‘zimni ochsam, jonlantirish bo‘limida yotibman. Ikki kun komani boshdan kechiribman. 

    Insultdan keyin o‘zimni butunlay oilamga bag‘ishladim, shunaqa holat bo‘lar ekan, ko‘zingizni yumishga qo‘rqar ekansiz va butunlay hayot to‘xtab qolgandek tuyular ekan. O‘lim haq, u hammaning boshida bor. Biroq inson tayyor bo‘lmas ekan, ertaga o‘laman degan narsa bo‘lmas ekan. Butun hayotingiz ko‘zingiz oldidan o‘tar ekan, farzandlarim ko‘zimning oldidan o‘tdi. Ko‘p narsani, shu narsa haqiqatan ham menga kerakmi, bu yerga borishim, shu ishni qilishim shartmi, deb tahlil qilishni boshladim.

    Hozirgi kunda men uchun eng qimmatli boyligim — farzandlarim. Ko‘pincha ota-onalar farzandi bilan aloqani yo‘qotib qo‘yadi. Farzand ko‘chaga chiqib ketadi, ota-ona karyera qilaman deb o‘rtadagi rishta uzilib qoladi. Shu narsani yo‘qotib qo‘ymaslikka harakat qilyapman, — deydi Zamira Beshimova.

    Zamira Beshimova insult bo‘lgani farzandlariga yomon ta’sir qilgani va o‘sha paytda nimadan qo‘rqqani haqida gapirdi.

    Foto: “Daryo”

    — Ko‘chada yurganimda mashinalar ko‘p joydan o‘tayotgan vaqtim ko‘zimning oldiga ehtiyot bo‘l, seni uyda to‘rtta bolang kutyapti degan narsa keladi. Hozir o‘ylaydigan narsam shu bo‘lib qolgan. Menga nimadir bo‘lsa, bolalarimning ahvoli qanday kechadi deb o‘ylayman. Bilaman, baribir ko‘chada qolib ketishmaydi, qaraydigan, boqadigan odam bo‘ladi, biroq onaning o‘rnini hech kim bosolmaydi. Ertaga ularning boshiga tushadi, nima qiladi degan narsa odamni o‘ylantiradi. Bu tomondan odam o‘zi uchun qo‘rqmas ekan.Ikki kun komada bo‘ldim, hech narsani eslay olmayman. Menga ukol qilishgan, kiyimlarimni almashtirishgan.

    Insonning hayoti o‘tib ketadi, xuddi televizorni o‘chirib qo‘ygandek gap ekan. Siz uchun hech narsa o‘zgarmaydi, orqangizdan qoladigan insonlarning hayotini o‘zgartirishi mumkin ekan. Insult bo‘lganimda kichkina farzandim ikki yoshga to‘lmagan edi. Uning ko‘zlarini, bolalarimning atrofimda qanday girdikapalak bo‘lganini ko‘rdim va birinchi navbatda shularga kerak ekanman deb o‘yladim, — deydi aktrisa.

    Suhbatni to‘liq holda tomosha qilishingiz mumkin.

    25.08.2023, 21:45   Izoh (0)   14415
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rol uchun qiziqarli va qiyin tayyorgarlik jarayonlaridan o‘tgan Gollivud aktyorlari (foto) 

    25.08.2023, 21:05

    Jeff Bezos uyini ta’mirlatishga 28 million dollar sarfladi (foto) 

    25.08.2023, 19:58

    Munosib umr yo‘ldosh: Turk aktrisasi Hande Erchelning qalbini zabt etgan millioner —  Hakan Sabanji aslida kim? (foto)

    25.08.2023, 18:12

    Zebo Navro‘zova “Bo‘rilar”ning davomi — “Super dada” filmining taqdimotini o‘tkazdi (video) 

    25.08.2023, 15:42

    90-yillar standarti: bir paytlar tashqi ko‘rinishi uchun tanqidga uchragan Gollivud aktrisalari (foto) 

    25.08.2023, 13:36

    “Umurtqamda to‘rtta churra bor va butun tanam ko‘karib ketgan”: “Mo‘jizakor ayol” filmi yulduzi Gal Gadot suratga olish jarayonida olgan jarohatlari haqida

    25.08.2023, 12:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Falastin tufayli London bilan hamkorlikni to‘xtatishi mumkin — Times

    Dunyo | 8 avgust, 19:00

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 8 avgust, 18:00

    Yuzdagi charchoqni kosmetika bilan yashirish bo‘yicha mashhur ayollardan layfxaklar

    Shou-biznes | 8 avgust, 18:50

    Farg‘onada 17 yoshli qizga shilqimlik qilgan mahalla raisiga 4 sutka berildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 18:40

    Muhammad alayhissalom dunyo hukmdorlariga yo‘llagan maktublar nusxasi Toshkentdagi ekspozitsiyadan joy oladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 18:25

    Qo‘qon shahrida aliment to‘lamay yurgan onadan qarzdorlik sud orqali undirildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:55

    Tarvuz va qovun kabi poliz ekinlari kichik yoshdagi bolalar uchun qanchalik xavfli?

    Farzand | 8 avgust, 17:40

    Charlz Oliveyra Topuriya bilan jangdagi mag‘lubiyatini tan oldi: “U mendan yaxshiroq edi”

    Sport | 8 avgust, 17:30

    Xitoyda chivin tarqatayotgan virus Tayvanda ham aniqlandi

    Dunyo | 8 avgust, 17:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.