Eron prezidenti Ibrohim Raisiy mamlakat Qurolli kuchlari “Eronga qarshi tajovuzkorona ko‘tarilgan har qanday qo‘lni chopib tashlashini” aytdi. Bu haqda FarsNews nashri xabar bermoqda.
Raisiy Mudofaa sanoati kuni munosabati bilan Mudofaa vazirligi rahbariyati va harbiy-sanoat kompleksi vakillari bilan uchrashuvda bu gaplarni aytib o‘tdi. U mamlakat mudofaa sanoati Eron xavfsizligini ta’minlash va mustahkamlashda Qurolli kuchlarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Shu bilan birga, prezident qattiq sanksiyalarga qaramay, Eronning mudofaa va yadro sanoati sezilarli yutuqlarga erishganini ta’kidladi.
“Bugun biz Eronni ilg‘or va texnologik davlat sifatida dunyoga ishonch bilan tanitishimiz mumkin, bu yosh olimlarimizning saʼy-harakatlari va mohir qo‘llari tufaylidir. Bunga Islom inqilobi oliy yetakchisi rahnamoligida erishildi”, — dedi Raisiy.
Avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlari Erondan Rossiyaga dronlar yetkazib berishni to‘xtatishni so‘ragan edi.
Izoh (0)