Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 2-turida “Arsenal” 21-avgust, dushanba kuni “Kristal Pelas” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuv deyarli to‘liq “kanonirlar”ning nazorati ostida o‘tdi. Birinchi bo‘limda darvozalar ishg‘ol etilmagan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda mehmonlar hisobni ochdi. 53-daqiqada Martin Edegor penaltidan unumli foydalanib, o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
67-daqiqada esa Takehiro Tomiyasu qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Qolgan daqiqalarda “Arsenal” bir kishi kam bo‘lib harakat qildi va g‘alabani saqlab qola oldi.
Shu tariqa Mikel Arteta shogirdlari chempionatdagi ikkinchi o‘yinida ham g‘alaba qozondi. Ilk turda londonliklar “Nottingem Forest” ustidan 2:1 hisobida zafar quchgandi.
APL
2-tur
21-avgust, dushanba
“Kristal Pelas” — “Arsenal” 0:1
Gol: 0:1 – 53 Edegor (penalti).
“Kristal Pelas”: Jonston, Uord (Rak-Saki, 83), Andersen, Gehi, Mitchell, Shlupp (Ahamada, 74), Lerma, Eze, Dukure, Ayyu, Eduar.
“Arsenal”: Remsdeyl, Uayt, Saliba, Tomiyasu, Edegor (Zinchenko, 89), Rays, Haverts, Parti, Saka (Kiver, 89), Martinelli (Gabriel, 70), Nketia (Jorjinyo, 79).
Ogohlantirishlar: Ayyu (27), Tomiyasu (60), Dukure (90), Haverts (90).
Chetlatish: Tomiyasu (67).
Izoh (0)