O‘zbekistonlik erkak Suriyadagi terrorchilik tashkiloti faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, moliyalashtirib kelgani aniqlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat Ichki ishlar vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar davomida aniqlangan. 1994-yilda, Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan G‘.O. ismli shaxs Janubiy Koreya davlatiga borib, u yerda “Imom al-Buxoriy katibasi” terrorchilik tashkiloti yetakchilari bilan aloqa o‘rnatib, ularning noqonuniy faoliyatini moliyalashtirib kelgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 155, 244-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar chet davlatlarida faoliyat yuritayotganingizda yoki ta’lim olayotganingizda ogoh bo‘ling. Terrorchilik tashkilotlari yollovchilarining ta’siriga tushish hamda ularning faoliyatida qatnashish og‘ir oqibatlarga olib kelishini unutmang! O‘z taqdiringizga befarq bo‘lmang”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh (0)