Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi maktabda o‘qituvchilar dars talashib mushtlashib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Qo‘shrabot tumanida o‘qituvchilar yangi o‘quv yili oldidan dars talashib, mushtlashib ketgani aytilmoqda, deyilgan xabar haqiqatga mos kelmaydi. Qo‘shrabot tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga ko‘ra, tuman hududida bunday maktab mavjud emas.
Izoh (0)