Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan joriy yil 19—20-avgust kunlari amaliy tashrif bilan Budapesht shahrida bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Vengriya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazadi, unda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi amaliy hamkorlikning dastur va loyihalarini ilgari surish masalalari ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston prezidenti faxriy mehmon sifatida Vengriya davlat bayrami — avliyo Ishtvan kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi hamda Budapeshtda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasidagi yugurish musobaqalari finaliga tashrif buyuradi.
Izoh (0)