Qarshi shahridagi viloyat Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bolalar davolanayotgan palatalarda suvaraklar yurgani, bolalarning onasi bundan xavotirga tushayotgani xabar berilgandi. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mazkur voqea bo‘yicha munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan o‘rganilgan.
Joriy yilning 15-avgust kuni viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi gastroenterologiya bo‘limida sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati viloyat boshqarmasi masʼullari bilan hamkorlikda dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlari amalga oshirildi.
Mazkur holat markaz xodimlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida muhokoma qilinib, bo‘limlarda sanitariya qoidalari asosida ish yuritish borasida nazoratni kuchaytirish bo‘yicha zarur choralar belgilandi. O‘z vazifalariga masʼuliyatsizlik bilan yondashganligi va nazoratni susaytirganligi uchun gastroenterologiya bo‘limi katta hamshirasi va xo‘jalik bekasi egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bo‘lim boshlig‘iga esa ish haqining 30 foizi miqdorida jarima jazosi belgilandi, — deyiladi masʼullar maʼlumotida.
Izoh (0)