AQSH Moliya vazirligi sanksiyalar ro‘yxatiga to‘rt nafar rossiyalik milliarder, Alfa Group asoschilari Mixail Fridman, Pyotr Aven, German Xan va Aleksey Kuzmichevni qo‘shdi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berildi.
Ro‘yxatga mamlakatning eng yirik biznes uyushmasi bo‘lmish Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi (RSTI) ham kiritilgan. Yanvar oyida milliarder Alisher Usmonov nafaqaga chiqishi sababli RSTI boshqaruvi byurosi a’zoligidan chiqib ketgandi.
AQSH G‘aznachilik departamentining (OFAC) Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi Fridman va boshqa aktsiyadorlar tomonidan asos solingan Alfa Group’ga hech qanday cheklovlar qo‘llanmasligini ta’kidladi.
Сhunki kompaniya sanksiya ostidagi shaxslarning 50 foizi yoki undan ortig‘iga tegishli emas.
- 2022-yil fevralda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan ko‘p o‘tmay, Yevropa Ittifoqi (YI) Kremlga aloqasi sababli Mixail Fridman va Pyotr Avenga sanksiya qo‘llagan.
- Buyuk Britaniya ham ularga qarshi sanksiyalar kiritgan. Fridman va Aven ularga qo‘yilgan cheklovlarga qarshi chiqishga harakat qilmoqda. 2023-yil iyul oyida Yevropa umumiy yurisdiksiya sudi Fridmanning YI kengashiga qarshi da’vosini ko‘rib chiqishni boshladi.
- Kuzmichev va Xan ham Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya sanksiyalari ostida.
Izoh (0)