Saudiya Arabistoni sentabr oyida Yevropa mamlakatlari uchun neft narxini keskin oshiradi. Bu haqida Saudi Aramco davlat kompaniyasi xabar qildi.
Shimoli-g‘arbiy Yevropa mamlakatlari uchun neftning “yengil” navlari narxi sezilarli darajada oshadi — bir barrel uchun 2-3 dollarga. O‘rta Yer dengizi xaridorlari uchun bir barrel uchun 1-1,5 dollarga qimmatlashadi.
Osiyo mamlakatlariga yetkazib beriladigan neft kelasi oyda bir barrel uchun 0,3-0,7 dollarga qimmatlashadi. Faqatgina neftning Arab Extra Light markasi uchun istisno bo‘ladi, avvalgi narxida sotilishda davom etadi.
Amerikalik xaridorlar uchun yoqilg‘i narxi keyingi oyda o‘zgarmaydi.
Izoh (0)