• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Mahalla nomi Nilufarmish, zimiston mahalla deyish kerak“. Sergelida yashovchi aholi elektr taʼminotidagi uzilishlardan shikoyat qildi

    Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi “Nilufar” mahallasida yashovchi aholi vakillari elektr taʼminotidagi uzilishlar haqida shikoyat qilib, masʼullardan yordam so‘radi.

    Mana soat kechki 10:05 bo‘ldiki, Sergeli-2 da hali ham “svet” yo‘q. Hamma yoq zim-ziyo, qop-qorong‘i. Ikki-uch soatdan beri “svet” yo‘q. Kelyapti, o‘chyapti, yana kelyapti, o‘chyapti. Texnikalar kuyyapti. Bunga kimdir javob beradimi? Nega Sergeli tuman “res”ini boshlig‘i, mundoq eplab ishini qilolmayapti. Hamma yoq zim-ziyo mana. Ko‘chada faqat mashina chirog‘i yonsa, ko‘cha ko‘rinyapti. Bo‘lmasa, ko‘cha ham ko‘rinmaydi. Yo‘lning narigi tomonidagi uylarda “svet” bor. Bu yoqda, Sergeli-2, “Nilufar” mahallasida “svet” yo‘q. Mahallaning nomi tag‘inam Nilufarmish, zimiston mahalla deyish kerak, — deydi Muzaffar Ahmedov ismli murojaatchi “Daryo”ga bu haqda shikoyat qilar ekan.

    Murojaatchi masʼullarga murojaat qilib, muammoni bartaraf etishlarini, tuman Elektr taʼminoti korxonasi rahbariyatiga chora ko‘rishlarini so‘raydi.

    Qachon bu muammolar tugaydi? Har doim o‘chadi. Ishdan kelgan paytingizda uyda “svet” yo‘q. Hamma yoq qop-qorong‘i. Bu muammoni bartaraf etib, Sergeli tuman “res”iga chora ko‘radigan bormi? Yoki bo‘ldimi, hammasi tugadimi? Shunaqa yashashga majburmizmi? Pul to‘lashga kelganda birinchi o‘rinda bular, — deydi u.

    Murojaatchi elektr taʼminotidagi bunday uzilishlar fuqarolarga maʼnaviy zarar berayotganini aytib, “Buning uchun nega Sergeli ‘res’i jarima to‘lamaydi?”, — deydi.

    Biz “svet”dan qarzdor bo‘lsak, shu zahoti o‘chirishadi. Nega pul to‘lab qo‘yib, elektrsiz o‘tirishimiz kerak? Nega narigi mahallada “svet” bor, lekin bizda yo‘q, — deydi murojaatchi.

    “Daryo” murojaatchilar shikoyati bo‘yicha Energetika vazirligi axborot xizmatiga murojaat qildi.

    O‘chishlar sababini izohlab, aholiga murojaat qilgandik. Bu rejali o‘chish emas-da. Majburiy o‘chish. Oldindan qayer o‘chishini hech kim bilmaydi. Qayerda sim qizisa yoki transformator kuyishga yaqinlasha boshlasa, shartta o‘chiriladi. O‘chirilmasa, Olmazor tumanida, yaqinda Mirobod, Yashnobodda bo‘lganidek, aholi 2-3 kunlab “svet”siz qolib ketishi mumkin, — deydi vazirlik axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev.

    Avvalroq Energetika vazirligi O‘zbekiston bo‘ylab kuzatilayotgan elektr uzilishlariga izoh berib, sohada murakkab vaziyat yuzaga kelganini maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, iyun oyida jami 34,8 million kVt/soat majburiy cheklov kiritilgan bo‘lsa, mazkur ko‘rsatkich iyul oyining o‘tgan 31 kuni mobaynida 175 million kVt/soatni tashkil qilgan. Yoz fasliga o‘tilganidan beri jami 210 million kVt/soat majburiy cheklov qo‘llanilgan.

    Iyun oyida tizimda modernizatsiya va rekonsturksiya ishlarini xavfsiz olib borish maqsadida qator hududlarda maqsadli o‘chirishlar amalga oshirilgan. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va uning hududiy filiallari hamda Energetika vazirligining barcha ijtimoiy tarmoqlardagi sahifa va kanallari orqali kamida bir sutka oldin xabarlar eʼlon qilib borilgan. Natijada birgina Toshkent shahrining o‘zida 542 ta transformator podstansiyasi va 592,36 kilometr elektr uzatish tarmoqlari mukammal, 923 ta transformator hamda 702,3 kilometr havo tarmog‘i joriy taʼmirlangan.

    Past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash dasturiga muvofiq 930,6 kilometr past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda 228 ta transformator punktlari yangilangan/ “Sag‘bon”, “Yunusobod”, “Qo‘qon”, “Karvon”, “Qorasuv”, “Yalang‘och”, “Tuzel” va “Sergeli-35” podstansiyalaridagi 9 ta kichik quvvatli transformator katta quvvatlisiga almashtirilgan, — deyiladi masʼullar izohida.

    Energetika vazirligiga ko‘ra, hozirgi sharoitda “Nima qilsa ham uzluksizlikni taʼminlayman”, deya zarur ehtiyot choralarini ko‘rmaslik, muqarrar avariya holati yuz berishi mumkinligini anglagan holda, barqarorlikka erishish istagida ortiqcha kuchlanishga o‘tila boshlagan hududlarni tarmoqdan uzmaslik ham yechim emas, aksincha, katta muammoga olib keladi.

    Bunday vaziyatda energiya tejamkorlikka qatʼiy rioya qilish, xonadonlarda ham barcha xonani emas, atigi bittasini sovitish, ishlatilmayotgan elektr uskunalarini tarmoqdan sug‘urish, zarurat bo‘lmagan hollarda, ayniqsa, kunduz kunlari lampochkalarni o‘chirib qo‘yish eng maqbul yo‘ldir.

    Xalqimizdan bugungi anomal issiq sharoitida Energetika vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari tarafidan amalga oshirilayotgan majburiy choralarni to‘g‘ri tushunishlarini hamda qo‘llab-quvvatlashlarini so‘raymiz, — deya taʼkidlanadi xabarda.
    02.08.2023, 12:01   Izoh (0)   6415
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nukus shahar IIB sobiq boshlig‘i Nukus tumani hokimi etib tayinlandi

    02.08.2023, 11:57

    “Kambag‘alni isteʼmol qilayotgan narsasidan aniqlash kerak emas” — Behzod Musayev

    02.08.2023, 11:50

    O‘zbekistonda 3-avgust kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

    02.08.2023, 11:31

    Farg‘onada erkak telefoniga javob bermagan taksi haydovchisi mashinasiga g‘isht otdi (video)

    02.08.2023, 11:02

    Buxoroda tibbiyot texnikumiga o‘qishga kiritish uchun 1 000 dollar olgan shaxslar ushlandi 

    02.08.2023, 10:44

    O‘zbekistonda otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari bo‘yicha yangi tibbiyot markazi tashkil etiladi

    02.08.2023, 10:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.