O‘zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov vafot etdi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati.
Nuriddin Hamroqulov 1946-yilning 18-iyun kuni Andijon viloyatida tug‘ilgan. 1973-yilda Toshkent teatr va rassomchilik san’ati instituti (hozirgi San’at va madaniyat instituti)ni tamomlagan. 1967-yildan Andijon teatrida, keyinchalik viloyat filarmoniyasi kabi ijodiy jamoalarda faoliyat yuritgan. 1987-yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan.
Xonandaning repertuaridan “Samarqand ushshog‘i”, “Toshkent irog‘i” kabi ko‘plab mumtoz qo‘shiqlardan tortib, “Olamni asrang”, “Ra’no”, “Soy ko‘rdim”, “Shirinliging”, “Kuldi bahorim”, “Turnalar”, “Ajab sirlar” kabi betakror qo‘shiqlari muxlislar qalbidan chuqur joy egallagan.
Nuriddin Hamroqulov 2020-yilda “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.
Izoh (0)