Buxoro viloyati Peshku tumanida bir tup o‘rik daraxtini kesib tashlagan maktab qorovuli jazolandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
![](/static/Risolat/1tup.jpg)
Unga ko‘ra, Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi Peshku tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi. Olib borilgan nazorat reyd tadbirlari davomida Peshku tumani “Kuyovxo‘ja” MFY hududida joylashgan 39-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabi hovlisidan maktab qorovuli tomonidan 1 tup o‘rik daraxti kesib tashlangani aniqlandi.
Huquqbuzarlikni sodir etgan maktab qorovuliga nisbatan Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma‘muriy bayonnoma rasmiylashtirilib,1 million 650 so‘m jarima qo‘llanildi.
Izoh (0)