Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani hokimi vazifasini bajarib kelgan Tog‘ayev Botir Normahmadovich Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, Botir Tog‘ayevni ushbu lavozimga tayinlash bo‘yicha bugun, 31-iyul kuni prezident qarori qabul qilingan.
Botir Tog‘ayev 1976-yil Kitob tumanida tug‘ilgan bo‘lib, 2001—2015-yillar davomida viloyatning Shahrisabz, Kitob va Kasbi tumanlarida qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida ishlagan. 2020-yilgacha esa Vazirlar Mahkamasi Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyat mudiri lavozimida samarali faoliyat olib borgan. 2020-yil oktabr oyida Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumaniga hokim etib tayinlangandi.
Izoh (0)