• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Miq etmadi”. Prezident tanqid qilib, ishdan olgan qashqadaryolik hokimlar OAV so‘roviga bepisandlik qilmoqda

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2022-yilning 19-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari haqidagi videoselektorda bir necha hokimlar ishi tanqid qilinib, 14 nafari ishdan olingandi. Ularga uch oylik muddat berilib, xato kamchiliklaridan xulosa chiqarishlari kerakligi qo‘shimcha qilindi. Shundan so‘ng Samarqand viloyatining Urgut tumani hokimi, Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on va Kosonsoy tumani hokimlari OAV orqali chiqish qilib, tanqiddan qilingan xulosasini, shuningdek, uch oylik sinov muddatida qaysi ishlarni amalga oshirib, xatosini tuzatmoqchi ekani haqida axborot berdi.

    “Daryo” mazkur masala yuzasidan so‘rovini davom ettirib, prezident tanqidiga duchor bo‘lgan qashqadaryolik hokimlar — Kasbi, Qamashi, Shahrisabz va Yakkabog‘ tumani rahbarlariga murojaat qildi. Va atigi 2 ta savol berdi. Muxbir hokimlarga turizmni rivojlantirish borasidagi qaysi kamchiligim uchun prezident tanqidiga uchradim deb o‘ylaysiz? Berilgan uch oylik muddatda nimalar qilib, davlat rahbari va tuman aholisi ishonchiga erishaman deb rejalashtiryapsiz?, — deya savol berdi.

    Yakkabog‘ tumani hokimi Lutfiddin Abdullayev.

    Yakkabog‘ tumani hokimi Lutfiddin Abdullayev.
    Foto: Yakkabog‘ tumani hokimligi

    Jamoatchilikka avvaliga 311 million so‘mga Captiva xarid qilishi bilan, so‘ngra viloyatning sobiq hokimi Zafar Ro‘ziyevga “tosh otishi” bilan tanilgan Yakkabog‘ tumani hokimi Lutfiddin Abdullayev “Daryo” muxbiri bilan telefon orqali qilingan dastlabki muloqotida savollarni eshitdi. Savollarni tinglab bo‘lgach, yonida mehmonlari borligini aytib, birozdan so‘ng qaytib qo‘ng‘iroq qilishini bildirdi. Lekin va’da qilingan paytda na qo‘ng‘iroq qildi va na takroriy qo‘ng‘iroqlarga javob berdi.

    Hokimning matbuot kotibi Sherzod Hasanov “Daryo” so‘roviga javoban jurnalist so‘rovi haqida hokimga ma’lum qilganini, biroq hokim bu so‘rovga tayinli javob bermaganini bildirdi.

    Hozir hokim bilan shu masalada yana gaplashdim. Mazkur masala yuzasidan hokim farmoyishi chiqarilib, ishchi guruh tuzilar ekan. Va belgilangan muddatda rejalashtirilgan ishlar bajariladi”, — deydi hokim va OAV vakili o‘rtasida qolganini sezgan va so‘rovga tayinli javob berolmaganini payqagan tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Sherzod Hasanov.
    “Daryo” muxbiri bilan muloqot qilgan Qamashi tumani hokimi Botir Tog‘ayev ham jurnalistni aldadi.

    Qamashi tumani hokimi Botir Tog‘ayev.

    Qamashi tumani hokimi Botir Tog‘ayev.
    Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi

    Muloqot davomida savollarni tinglagan hokim matbuot kotibi orqali savollarni avvalroq olganini aytib, “bugun (20-sentabr — “Daryo” izohi) kechki paytgacha har ikkala savolingizga ham yozma javob beramiz”, — dedi. Biroq savollarga o‘sha paytning o‘zida javob bermagani yetmaganidek, shunchaki va’da berish, yolg‘on gapirish bilan kifoyalandi.

    OAV vakilini aldagan hokimning matbuot kotibi Nurbek Rasulov OAV so‘rovining to‘rt kunlab javobsiz qolishini izohlar ekan “Bu yerda siz bilmagan narsalar ham bor, bunga vaqt kerak”, dedi. Ammo jurnalist bilmaydigan ma’lumotni oshkor etmadi.

    2021-yil prezident Shavkat Mirziyoyev tanqidiga uchrab, viloyatdagi sektor rahbarlari kafilligida zo‘rg‘a lavozimida qolgan Kasbi tumani hokimi To‘xtamurod Meyliyev OAV vakili bilan muloqot qilishni ham istamadi. To‘g‘rirog‘i, OAV vakili savollaridan qochdi. Avvaliga matbuot kotibi Laziz Temirov orqali, so‘ngra Jamol ismli yordamchisi orqali savollarni tinglagan janob Meyliyev OAV so‘roviga bepisand munosabatda bo‘lib, javob berishni o‘ziga ep ko‘rmadi.

    Kasbi tumani hokimi To‘xtamurod Meyliyev.

    Kasbi tumani hokimi To‘xtamurod Meyliyev.
    Foto: “Daryo”

    Mazkur holat haqida fikr bildirgan AOKAning viloyat boshqarmasi boshlig‘i Usmon Nusurov Qamashi, Kasbi va Yakkabog‘ hokimlarining OAV so‘roviga javob bermasligini kutmaganini, mazkur hokimlarning matbuot kotiblari bilan bog‘lanib, vaziyatga aniqlik kiritishini aytgan bo‘lsa, bloger Kapitan Karimov hokimliklarning matbuot kotiblarini bo‘sh ishlaganlikda aybladi.

    “Hokimlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilolmaydigan matbuot kotiblar yaxshisi joyini bo‘shatib qo‘ygani ma’qul”, — deydi bloger Kapitan Karimov.

    Bu yerda hokimliklarning matbuot kotiblari juda bo‘sh ishlabdi. Aslida “Daryo” ularga minbar beribdi-ku. Jurnalistlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega matbuot kotibi vaziyatdan foydalanib, hokim xulosasi va kelajakda tumanda turizm bo‘yicha nima qilinishi kerakligi haqida batafsil ma’lumot berib, ishini ko‘rsatib olmaydimi? Axborot siyosati bo‘yicha hokim maslahatchisi maqomiga ega inson mas’uliyatni ham his qilishi va shu mas’uliyatiga yarasha harakat qilishi ham kerak-da. Lallayib o‘tirish bilan ish bitmaydi-ku. Matbuot kotib aslida OAV va hokim o‘rtasidagi muloqotchi ekanini, jurnalist so‘roviga o‘z vaqtida javob berilishi kerakligini hatto hokimga ham tushuntira olishi kerak”, — deydi bloger Kapitan Karimov.
    Kapitan Karimovning qo‘shimcha qilishicha, OAV vakillari va hokimliklar o‘rtasida muloqotni ta’minlay olmayotgan matbuot kotiblariga AOKA tegishli chora ham ko‘rishi kerak.
    Shunday paytlarda nega AOKA mas’ullari jim turibdi? Nega paysalga solmoqda? Nega matbuot kotibiga dangal savol qo‘yib, vazifasini bajarmaganiga izoh so‘ramayapti? Agar AOKA shunaqa lattachaynarlikda davom etsa, biz OAVga ochiq hokimlar borasida xalq kutgan, prezident kutgan natijaga erisholmaymiz”, — deydi bloger.
    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    23.09.2022, 19:29   Izoh (0)   53997
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namangan va Samarqandda “Regapen” psixotrop moddalarini sotayotgan shaxslar ushlandi

    23.09.2022, 19:22

    Toshkentda 205 million so‘m pista pulini qaytarib bermagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    23.09.2022, 19:10

    O‘zbekistonda doktorantura kvotalari tasdiqlandi — infografika

    23.09.2022, 19:00

    Qashqadaryoda mast fuqaro YPX xodimini urib, haqoratladi (video)

    23.09.2022, 18:49

    Qashqadaryo YPX xodimi fuqaroga qo‘l ko‘targani aytilmoqda (video)

    23.09.2022, 18:33

    O‘zbekiston 8 oyda xorijga qariyb 50 ming tonna olxo‘ri eksport qildi

    23.09.2022, 18:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    UFC on ABC 9. Bogdan Guskov Nikita Krilov ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi (video)

    Sport | 27 iyul, 12:30

    “Trampning sabr kosasi to‘lmoqda” — AQSH davlat kotibi

    Dunyo | 27 iyul, 11:53

    Mo‘ynoqdagi kondan ham gaz sizib chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 27 iyul, 11:38

    O‘zbekistonning ayrim joylarida hafta boshida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 27 iyul, 11:25

    Toshkentdagi 59 ta obyektda qurilish ishlari butunlay to‘xtatilib, elektr ta’minotidan uzildi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:50

    Ichki ishlardan pensiyaga chiqqanlar pul evaziga huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.