Mirishkor tumaniga hokim sifatida tayinlangan Sherali Sanayevning o‘rniga Qamashida yangi hokim ish boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Zoir Mirzayev ishtirokidagi Xalq deputatlari Qamashi tumani kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida Tog‘ayev Botir Normahmadovich tuman hokimi sifatida tanishtirilgan.
Botir Tog‘ayev 1976-yil Kitob tumanida tug‘ilgan, 2001—2015-yillarda viloyatning Shahrisabz, Kitob va Kasbi tumanlarida qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida faoliyat yuritgan.
Hokimlikka qadar Vazirlar Mahkamasi Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyat mudiri lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qamashida rahbarlik qilgan Sherali Sanayev Mirishkor tumaniga hokim etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)