AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati xitoylik xakerlar tahdidi fonida kiberxavfsizlikni kuchaytirish rejasini e’lon qildi. Bu haqda The Foreign Policy nashri yozgan.
Nashr ta’kidlaganidek, Amerika institutining kiberxavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha yangi yo‘l xaritasini ishlab chiqish qaroriga so‘nggi uch oy ichida Xitoydan sodir etilgan yigirmadan ortiq kiberhujumlar sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, ushbu rejani amalga oshirish “Qo‘shma Shtatlarning quvur tarmoqlari, elektr va suv tizimlari hamda boshqa asosiy infratuzilmalarini himoya qilish bo‘yicha aniq qadamlar”, shuningdek, mansabdor shaxslarning elektron xatlari xakerlar tomonidan buzilishining oldini olishdan iborat.
Avvalroq AQSH Davlat departamenti Xitoy AQSHning muhim infratuzilmalariga qarshi kiberhujumlar uyushtirishi mumkinligini aytgandi. Pekin esa o‘z josuslari G‘arbda faoliyat yuritayotgani haqidagi da’volarni rad etdi.
Izoh (0)