Tailandning Sungaikolok shahridagi petardalar omborida yuz bergan portlashda kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Bangkok Post.
Shuningdek, voqea natijasida yuzdan ortiq odam jarohatlangan.
Qayd etilishicha, portlash natijasida omborning o‘zi, shuningdek, yaqin atrofdagi bozor zarar ko‘rgan. Bundan tashqari, atrofdagi 200 ga yaqin uyga shikast yetgan.
Narativat provinsiyasi ma’muriyatining xabar berishicha, favqulodda hodisa joyida sodir bo‘lgan yong‘in o‘rab olingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga payvandlash ishlari paytidagi xatolik sabab bo‘lgan.
Izoh (0)