Pokistonning Xaybar-Paxtunxva viloyatida “Islom ulamolari kengashi” partiyasi qurultoyida sodir bo‘lgan portlashda kamida 35 kishi halok bo‘ldi, 200 kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda Geo telekanali favqulodda xizmatlarga tayanib.
Hodisa mahalliy vaqt bilan 16:00 atrofida sodir bo‘lgan. Politsiya mazkur portlashni terakt deb atadi.
Partiya rahbari Hofiz Hamdullaning aytishicha, u ham qurultoyda ishtirok etishi kerak edi, lekin shaxsiy sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan. U portlashni qoralaganini, voqeani “terrorizm” deb ataganini, mamlakat va viloyat rahbariyatidan tergov boshlashni talab qilganini qayd etdi.
Hamdulloh, shuningdek, partiya tarafdorlarini portlash qurbonlariga yordam berish uchun qon topshirishga chaqirdi.
Pokiston Xalq partiyasi raisi, mamlakat tashqi ishlar vaziri Bilaval Bhutto Zardoriyning aytishicha, federal va viloyat hukumatlari terrorchilarning sheriklarini javobgarlikka tortishi kerak. U halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirar ekan, terakt tashkilotchilari yo‘q qilinishi kerakligini ta’kidladi.
Izoh (0)