Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 27-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,86 so‘mga ko‘tarilib, 11 624,92 so‘mni tashkil qildi. Yevro 50,30 so‘mga oshib, 12 874,60 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,20 so‘mga ko‘tarilib, 129,21 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval ham dollar kursi ko‘tarilib, 11 613,06 so‘mni tashkil qilgandi. Rubl ham oshib, yevro pastlagandi.
Izoh (0)