Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 18,04 so‘mga ko‘tarilib, 11 613,06 so‘mni tashkil qildi. Yevro 25,30 so‘mga pastlab, 12 824,30 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,70 so‘mga oshib, 129,01 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval ushbu valyuta kurslarining barchasi so‘mga nisbatan pastlagan edi. Dollarning rasmiy kursi ilk bor 18-iyul kuni 11 600 so‘mlik ko‘rsatchikdan oshgandi.
Izoh (0)