San’attillo Hikmatov Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Tayinlovga qadar u 2020-yilning 3-dekabridan buyon Buxoro viloyatining Jondor tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan. Undan avval Buxoro viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.
San’attillo Hikmatov 2022-yilning mayidan buyon Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Akmaljon Mahmudaliyev o‘rnini egalladi.
15-aprel kuni Elyor Mardonov Navoiy viloyati hokimining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Izoh (0)