Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar beradi viloyat FVB axborot xizmati.
Qayd etilishicha, 23-iyul kuni soat 12:08 da Qo‘shrabot tumani “Qo‘rolos” MFY, “Qo‘rolos” qishlog‘ida joylashgan “Bubak Ota” qabristonida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Yong‘inga soat 12:14 da yetib borgan va soat 13:29 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida qabristonning taxminan 3 gektar maydonida xas-xashak yongan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Samarqand qabristonida yong‘inlar
Samarqand viloyatida joylashgan qabristonlarda yong‘in sodir bo‘lish holati birinchi marta kuzatilmayapti. 2020-yilda Oqdaryo tumanidagi qabristonda qorovullar aybi bilan yong‘in chiqqandi. 2021-yilda Qo‘shrabot tumanida joylashgan qabristonda, 2022-yilda esa Oqdaryo tumani “Mustaqillik” mahallasida joylashgan “Qang‘li” qabristonida yong‘in yuz bergandi.
Izoh (0)