Daryo

Samarqanddagi qabristonda yong‘in yuz berdi

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish21 136 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand viloyati Oqdaryo tumani “Mustaqillik” mahallasida joylashgan “Qang‘li” qabristonida 8-iyun kuni yong‘in yuz berdi.

FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yong‘in sodir bo‘layotgani haqida tuman FV bo‘limiga xabar soat 15:01 da kelib tushgan. Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:05 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:28 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida taxminan 4 sotix maydonda quruq o‘t yongan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Bundan avval Samarqand viloyati Narpay tumanida joylashgan savdo do‘konlarida yong‘in yuz bergandi. Dastlab yong‘in oqibatida 3 ta savdo do‘konining bir qismi yonib ketgani ma’lum qilindi. Keyinchalik 16 dan ortiq do‘kon zararlangani aniqlandi.

Samarqand shahrida esa bir-biriga tutash ikkita korxonada yong‘in sodir bo‘ldi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar