• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandning Oqdaryo tumanidagi qabristonda qorovullar aybi bilan yong‘in chiqdi

    Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi ikkita qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga ma’lum qilgan murojaatchilar taklifiga ko‘ra, tahririyat muxbiri Farhod Norbo‘tayev voqeani o‘rganish uchun aytilgan manzilga bordi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in 2020-yil 3-noyabr kuni tumanning Oytamg‘ali mahallasidagi “Sulton” hamda “Primkent” mahallasidagi “O‘tarchi” qabristonida sodir bo‘lgan. Natijada 7 gektar yer maydoniga ega bo‘lgan ikkala qabristonning katta qismi alanga ichida qolgan.

    2017-yildan buyon “Sulton” qabristonida qorovul vazifasida ishlab kelayotgan Navro‘z O‘roqovning ma’lum qilishicha, yong‘in qo‘shni qabristondan boshlangan. Bu paytda ular qabristonda obodonlashtirish ishlarini olib borayotgan bo‘lgan. U qabristonning bir gektardan ortiq yer maydonining yonishiga sabab bo‘lgan olovni kim yoqqanligini ko‘rmagan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Bizlar tushlik qilishga ketganimizda to‘satdan yong‘in kelib chiqqan. Qo‘shni qabristonning qorovuli qo‘ng‘iroq qilib, qabristonda yong‘in bo‘layotganini aytib, meni chaqirdi. Uchta o‘g‘lim bilan kelib, olovni o‘chirishga urindik, ammo o‘chira olmadik. Yong‘in xavfsizligi xodimlarini chaqirganimiz bilan ular qabristonga kira olmaydi. Qabrlarning ustidan yurolmaydi. Shuning uchun mahalla raisiga qo‘ng‘iroq qildim. Olov qo‘shni qabriston tomondan ikkinchi tomonga o‘tib keldi. Olovni to‘xtata olmaganimiz uchun ikkinchi qabristonga ham o‘tdi. Qabriston ikkiga bo‘lingan. Shamol bizning qabriston tomonga esayotgani uchun olov alanga olib, biz tomonga o‘tdi”, — deydi “Sulton” qabristoni qorovuli Navro‘z O‘roqov.

    “O‘tarchi” qabristoni qorovuli Normuhammad Soliyevning aytishicha, yong‘in 3-noyabr kuni soat taxminan 13:00 atrofida sodir bo‘lgan. Uning taxmin qilishicha, qo‘shni qishloqda mol boqadigan yosh bolalar o‘yinqaroqlik qilib yoki kartoshka pishiraman deb tasodifan yoqib yuborgan bo‘lishi ham mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Soat 12:30 atrofida men tushlik qilish uchun uyga keldim. Uyga kelganimda Ishtixon tumanidan o‘g‘lim qo‘ng‘iroq qilib, qabristondan tutun chiqayotganini aytdi. Borsam o‘n metr joyi yongan ekan. O‘chirib ulgurmadim. Qo‘shni qabriston qorovuliga ham qo‘ng‘iroq qildim. U ham keldi. Ikkalamiz ham olovni o‘chirishga ulgurmadik. Yong‘in nima sababdan kelib chiqqanini bilmayman. Bizlar yantoqni o‘rib, chuqurga uygan edik. Yong‘in bir-bir yarim soatlar davom etdi. O‘chirish uchun ko‘p harakat qildik. Ammo iloji bo‘lmadi”, — deydi Normuhammad Soliyev.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Primkent” mahallasi oqsoqoli Asliddin Abdurahimovning ta’kidlashicha, qabristonning bir gektar yeri yongan.

    “Haqiqatan ham achinarli holat bo‘lgan. Bu yerda ko‘p insonlar yotibdi. Bu bizning ham aybimiz. Boricha tushuntirish ishlari olib borib, qorovullarni ogohlantirdik. Obodonlashtirish tashkilotiga xat bilan chiqdik. Bu bo‘yicha chora tadbirlarni ko‘ramiz. Iloji boricha hashar yo‘li bilan tozalaymiz”, — deydi “Primkent” mahallasi oqsoqoli Asliddin Abdurahimov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Oqdaryo tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig‘i Jonibek O‘roqov qabristonga olov qo‘ygan shaxsni aniqlash va uni topish maqsadida tuman Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilganligini bildirdi.

    “Ikki kun avval bizga tumanimizdagi Oytamg‘ali qishlog‘ida qabriston yonib ketganligi haqida xabar keldi. Haqiqatan kelib, holatni o‘rgandik. Qabriston juda katta. Ikkita qishloqning qabristoni. Qorovuli ham ikkita. Tuman IIBga murojaat qilganmiz. Ular qidiruv ishlarini olib borishmoqda. Hozirgi kunda ikkita qorovul ham jarimaga tortilgan”, — deydi Jonibek O‘roqov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Samarqand viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, “Primkent” MFY hududida joylashgan “O‘tarchi” qishloq qabristoni fuqarolar S.N. va O‘.N.ning hududdagi o‘simlik qoldiqlarini yoqib yuborishi oqibatida kelib chiqqan bo‘lib, ular “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 20-moddasi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasi talablarini qo‘pol ravishda buzgan. Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismi (dala va aholi punktlarida ang‘iz, xazon va shox-shabbalarni yoki o‘simliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yuborish orqali atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirish)ga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qo‘llanilgan. Shuningdek, mahalla oqsoqollari ishtirokida tushuntirish ishlari olib borilib, ogohlantirishlar berilgan.

    10.11.2020, 09:42   Izoh (0)   20280
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot muassasalari muhandis-texnik xodimlarining bazaviy maoshlari oshirildi

    10.11.2020, 09:27

    O‘zbekiston aeroportlaridagi Duty Free do‘konlari xususiylashtiriladi. Kompaniya karantin vaqtida ham sof foyda olgan

    10.11.2020, 09:12

    O‘zbekistonda har 100 ta xonadonga nechta shaxsiy kompyuter to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi

    10.11.2020, 08:43

    “Bu targ‘ibot guruhlari Toshkentdan viloyatlarga gaz, svet, suv olib boradimi yoki yo‘q, hozircha noma’lum”. “Yangi O‘zbekiston — yangicha dunyoqarash” shiori osti...

    10.11.2020, 08:28

    Samarqanddagi Afrosiyob Palace mehmonxonasi yangi shartlar bilan yana sotuvga qo‘yildi

    10.11.2020, 08:13

    “Voqeadan jinoyat ishi ochilgach xabar topdim”. Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vazirligidagi “grim ishi” haqida

    10.11.2020, 07:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Yaponiya, Filippin va Indoneziya bilan savdo bitimlarini tuzdi

    Dunyo | 23 iyul, 09:20

    Andijonda ayolni “samosud” qilgan do‘kon egasiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 09:14

    “Real” hujumchisiga kutilmagan xaridor chiqdi

    Sport | 23 iyul, 09:09

    Hindistonda samolyot qo‘ngach yonib ketdi

    Dunyo | 23 iyul, 08:39

    Yarim yilda yoqilg‘i-energetika sohasiga yetkazilgan 758 mlrd so‘m zarar undirildi — Bosh prokuratura

    O‘zbekiston | 23 iyul, 00:00

    “Obama, Klinton va Baydenni jinoiy javobgarlik kutmoqda” — Tramp

    Dunyo | 22 iyul, 23:50

    “So‘nggi kunlardagi issiq ob-havo 70 foizga yaqin aholi uyqusiga salbiy taʼsir qilmoqda” — iqlimshunos

    O‘zbekiston | 22 iyul, 23:35

    O‘zbekiston DXX raisi Kobulda “Tolibon” mudofaa vaziri bilan uchrashdi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 23:19
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.