Daryo

UFC Fight Night 224. Mahmud Murodov amerikalik raqibiga hech qanday imkon qoldirmadi va g‘alaba qozondi

Murodov UFC’dagi to‘rtinchi g‘alabasiga erishdi

1 daqiqa o‘qish39 538 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov UFC Fight Night 224 musobaqasida navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Foto: Getty Images

Murodovga Amerika vakili Brayan Barberena raqiblik qildi. Uchala raundda ham Murodov faollik ko‘rsatdi va yakunda g‘olib bo‘ldi.  

Shu tariqa Murodov UFC’dagi oltinchi jangida g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Murodov UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni uchinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan. Uchinchi jangida Mahmud Endyu Sanchesni nokautga uchratgandi. To‘rtinchi jangda Jerald Mirshertga imkoniyatni boy bergandi. Bundan avvalgi jangda esa braziliyalik Kayo Borralyoga mag‘lub bo‘lgandi. 

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar