Rossiyaning Shlisselburg shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.
Voqea 22-iyul kuni, mahalliy vaqt bilan soat 08:00 lar atrofida yuz bergan. Krasniy prospektida 30 yoshli erkak Honda rusumli mashinani boshqarayotganda yo‘l chetida velosipedda ketayotgan 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosini urib yuborgan.
Jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
YTH sodir etgan shaxs mast holatda ekani aniqlangan. Bungacha u yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)