Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Saudiya Arabistoniga amaliy tashrifi doirasida Makka shahrida umra (kichik haj) ziyoratini ado etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-07-20_19-26-42.jpg)
Umra vaqtida Japarov alohida sharafga sazovor bo‘ldi, jumladan, u muqaddas Ka’ba ichiga kirib, u yerda duo o‘qidi.
“Davlat rahbari Qirg‘iziston xalqi farovonligi va mamlakat ravnaqi uchun qodir Tangriga duolar qildi”, — deyiladi xabarda.
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-07-20_19-27-42.jpg)
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-07-20_19-27-47.jpg)
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-07-20_19-32-48.jpg)
Bundan tashqari, Sadir Japarov Madina shahridagi Masjid an-Nabaviyga (Muhammad payg‘ambar masjidi) ham tashrif buyurgan.
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-07-20_19-34-50.jpg)
Al-Masjid an-Nabaviy Saudiya Arabistonidagi eng katta masjid va Makkadagi Masjidul Haromdan keyingi Islomning ikkinchi muqaddas joyidir. U dunyodagi ikkinchi eng katta masjid bo‘lib, u yerda Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar qabri joylashgan.
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-07-20_19-34-55.jpg)
Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ham Saudiya Arabistoniga tashrifi davomida umra amallarini bajargandi.
Izoh (0)