AQSHning Mayami shahrida o‘n sakkiz yoshli Jasmin Paez uch yoshli o‘g‘lini o‘ldirish uchun qotil yollashga urindi. Bu haqda New York Post xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ayol internetdagi sayt orqali 3 ming dollarga qotil yollagan. Sayt egasi esa aslida shunday harakatlarning oldini olish uchun veb-sayt yaratgan erkak bo‘lgan. Hodisadan xabar topgan erkak politsiya bilan bog‘langan.
Huquq-tartibot xodimlari qotillik bo‘yicha so‘rov yuborilgan kompyuterning IP manzilini kuzatishga muvaffaq bo‘lgan. Shu tariqa ayol qotillikka undash va aloqa vositalaridan noqonuniy maqsadlarda foydalanganlikda ayblanib, hibsga olingan. U Mayami-Deyd qamoqxonasida saqlanmoqda. Bola esa o‘z yashash joyida sog‘-omon topilgan.
Izoh (0)