AQSH rasmiylari Ukrainaga qo‘shimcha 400 million dollarlik harbiy yordam paketi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, u bir kun avval e’lon qilingan 1,3 milliard dollarlik paketga qo‘shimcha ravishda Kiyevga yuboriladi. Bu haqda CNN telekanali nomi oshkor etilmagan ikki nafar amerikalik mulozimga tayanib xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, paketga, NASAMS zenit-raketa kompleksi va Patriot havo mudofaa tizimlari hamda HIMARS raketa tizimlari uchun qo‘shimcha o‘q-dorilar kiradi.
Bundan tashqari, paketga tankka qarshi qurollar – Javelin tankka qarshi tizimlari va TOW raketa tizimi kiritilishi kutilmoqda, deya xabar berdi CNN. Rasmiylarga ko‘ra, Vashington shu haftadayoq qo‘shimcha yordam haqida e’lon qilishi mumkin, biroq yetkazib berilgan qurollar tarkibi hali to‘liq kelishib olinmagan.
1,3 milliard dollarlik yordam paketiga, xususan, to‘rtta NASAMS zenit-raketa komplekslari hamda Phoenix Ghost va Switchblade dronlari kiradi.
Izoh (0)