Fransiyada iyun oxiri — iyul boshida yuz bergan tartibsizliklar ortidan sud qarori bilan 1278 ta ayblov e’lon qilingan, dedi Fransiya adliya vaziri Erik Dyupon-Moretti RTL radiostansiyasida.
Uning qayd etishicha, 1056 kishi ozodlikdan mahrum qilingan, shu jumladan, 742 kishi haqiqiy qamoq jazosiga hukm qilingan. 600 nafar mahkum qamoqqa olish joylariga jo‘natilgan.
27-iyun kuni Parijning Nanter chekkasida 17 yoshli o‘smir nazorat maqsadida mashinani to‘xtatish talabiga bo‘ysunmagani uchun politsiya tomonidan otib tashlandi. Shundan so‘ng butun mamlakatni tartibsizliklar qamrab oldi.
250 ga yaqin huquq-tartibot xodimlari tartibsizliklar oqibatida jabr ko‘rdi. Fransiya matbuoti bu tartibsizliklar 2005-yil kuzidagi tartibsizliklardan keyin mamlakatdagi eng yirigi ekanini yozdi.
Bir hafta o‘tgach, tartibsizliklar intensivligi pasayishni boshladi, ammo hukumat iyul oyi davomida, ayniqsa, 14-iyul Milliy bayrami arafasida yuqori darajadagi hushyorlikni saqlab qolishda davom etdi.
Izoh (0)