Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi yadro kallaklarini yangilariga almashtirish rejasini e’lon qildi. Vazirlik armiyani rivojlantirish zarurligini ta’kidlar ekan, Rossiyani “Yevropa xavfsizligiga eng katta tahdid” deb atadi.
Yadro kallaklarini yangilash Vanguard sinfidagi suvosti kemalarini Dreadnought suvosti kemalari bilan almashtirish bilan amalga oshiriladi.
Birinchi bunday suvosti kemasi 2030-yillarning boshida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
“Dreadnought suvosti kemasining tiyib turuvchi vosita sifatidagi samaradorligini ta’minlash uchun biz yadroviy kallaklarimizni ham almashtiramiz. Dreadnought sinfidagi suvosti kemalari ham, almashtiriladigan jangovar kallaklar ham Buyuk Britaniyada ishlab chiqilgan va qurilgan”, — deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, armiya o‘tgan 2 yil davomida yadroviy tiyib turish uchun qo‘shimcha 3 milliard funt va keyingi uch yil uchun yana 6 milliard funt sterling olgan.
Londonning fikricha, Rossiya—Ukraina mojarosi “xalqaro hamjamiyat uchun eng jiddiy muammodir”. “Yevropa Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri bunday miqyosdagi mojaroni ko‘rmagan”, deyiladi hujjatda.
Izoh (0)