“Manchester Siti” yarim himoyachisi Riyod Mahrez faoliyatini “Al-Ahli”da davom ettiradi.

Saudiya nashrlarining yozishicha, klub va futbolchi o‘rtasida kelishuv yakunlangan. Yaqin soatlar ichida Mahrez tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va Saudiya klubiga qo‘shiladi.
Jurnalist Ben Jeykobsning xabariga ko‘ra, “Manchester Siti” va “Al-Ahli” Riyod transferi borasida muzokaralarning so‘nggi bosqichida.
“Al-Ahli” Mahrez uchun 30 million funt taklif qilmoqda. Futbolchining o‘ziga esa yiliga 25 million funt maosh va’da qilingan.
Izoh (0)