Tailandning Pxuket shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha “Chempionlar oqshomi” musobaqasidan o‘rin olgan janglar 15-iyul, shanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.
-71 kg vazn toifasida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev qozog‘istonlik Dulan Bekbauovga qarshi jang qildi va g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, boks bo‘yicha 2023-yilgi Jahon Chempionati finalida ham ikkala bokschi to‘qnash kelgan va unda ham Mo‘ydinxo‘jayevning qo‘li baland kelib, chempionga aylangandi.
Shu tariqa, “Chempionlar oqshomida” ishtirok etgan uchala o‘zbekistonlik bokschi ham g‘alabani tantana qildi. Avvalroq Hasanboy Do‘stmatov va Mujibillo Tursunov ham o‘z janglarini g‘olib sifatida yakunlagandi.
Izoh (0)