Lionel Messi faoliyatini MLS’da davom ettiradi.
![](/static/452f884e44888a9e36c0e6926bcad.jpeg)
“Inter Mayami” argentinalik futbolchining transferini rasman e’lon qildi. Unga atab qo‘yilgan videodan ma’lum bo‘ladiki, Messi yangi jamoasida 10-raqamda harakat qiladi.
“Ha, do‘stlar. Mayamida ko‘rishamiz”, — deydi Leo videoda.
35 yoshli argentinalik so‘nggi ikki mavsumini “PSJ” safida o‘tkazdi. O‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 41 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol va 20 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.