Italiya huquq-tartibot idoralari xodimlari Sitsiliyada og‘irligi salkam 2 tonna va qiymati 400-450 million yevro bo‘lgan kokainning katta partiyasini yo‘q qildi. Bu haqda Italiya moliya gvardiyasi xabar berdi.
“Laboratoriya natijalari topilgan kokainning yuqori darajada sofligini ko‘rsatdi, shuningdek, giyohvand modda Janubiy Amerikada tayyorlangani haqidagi dastlabki farazni tasdiqladi”, — deyiladi bayonotda.
Taqiqlangan moddalar bo‘lgan o‘ramlar zirhli furgonda, kuzatuv uchun vertolyotlar jalb qilingan holda, politsiya hamrohligida yo‘q qilish joyiga yetkazildi, deb xabar bermoqda RT.
Kokainni saralash va mashinaga qayta yuklash “yashirin joyda” amalga oshirildi.
Joriy yilning 5-may kuni Ispaniya politsiyasi Janubiy Amerikadan giyohvand moddalarni olib o‘tuvchi jinoiy tashkilot a’zolaridan 2 tonna kokainni musodara qilgan edi. Operatsiya natijasida sakkiz kishi qo‘lga olindi. Jinoyatchilardan 58 ming yevro miqdoridagi naqd pul ham olingan.
Izoh (0)