Tailand politsiyasi taqiqlangan moddalarning katta partiyasini yo‘q qildi. Shaffoflikni ta’minlash uchun bu ish omma oldida amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “MIR 24” telekanali.
Musodara qilingan giyohvand moddalar solingan paketlar jurnalistlarga namoyish etildi. Politsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra, bu kontrabanda bilan bog‘liq 200 ga yaqin holat bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida qo‘lga kiritilgan giyohvand moddalardir.
Musodara qilingan giyohvand moddalarning umumiy qiymati qariyb 600 million dollarni tashkil qilgan.
26-iyun kuni Toshkentda ham 2 tonna giyohvandlik vositalari maxsus pechlarda yoqib yuborilgani xabar qilingandi.
Izoh (0)