Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich G‘arb davlatlari Ukrainaga “katta sovg‘a” tayyorlayotganini e’lon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “sovg‘alar”ni yil oxirigacha kutish kerak bo‘ladi. Vuchich aynan qanday sovg‘a haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmadi, deb yozadi RTS.
“G‘arb Ukraina uchun katta va ajoyib sovg‘alarni tayyorlamoqda, bu Yevroittifoq bilan bog‘liq”, — dedi Serbiya prezidenti.
Jurnalistlar Aleksandr Vuchichdan Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi uchun Vilnyusda “yashil chiroq yoqilmagani”ga munosabat so‘rashdi.
Bunga javoban Vuchich katta davlatlarning ishlariga aralashish niyati yo‘qligini aytdi.
Izoh (0)