2022-yilda London shahar markazidagi transport turlari ichida velosipedlarning soni shaxsiy avtomobillar sonidan yuqori bo‘ldi.
Jami transportning 26,8 foizini velosipedlar tashkil qilgan bo‘lsa, avtomobillar ulushi 25,8 foizga yetgan.
Shunga o‘xshash hisobotlar 1999-yildan beri har ikki yilda chop etiladi. Tadqiqotda hudud ko‘chalarida shaxsiy avtomobillar, taksilar, mototsikllar, yuk mashinalari, avtobuslar, velosipedlar, elektroskuterlar va piyodalar soni to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
COVID-19 pandemiyasidan oldingi davr bilan solishtirganda, velosipedlar o‘sishi ortgan yagona transport turidir.
Boshqa barcha toifalardagi transportlar soni biroz pasaygan. 2017-yilga nisbatan avtotransport vositalari soni 26 foizga, yuk mashinalari soni 14 foizga kamaygan, velosipedlar soni esa 7 foizga oshgan.
1999-yil bilan solishtirganda London ko‘chalaridagi velosipedlar soni 292 foizga oshgan.
Izoh (0)