Germaniya kansleri Olaf Shols 10-iyul dushanba kuni Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze bilan birgalikdagi matbuot anjumanida Avstraliya olti oy davomida NATO sharqidagi havo hududini qo‘riqlash uchun Germaniyada o‘z samolyotini joylashtirishini ma’lum qildi.
“Avstraliya joriy yilning kuzida alyans a’zolarining sharqiy hududidagi havo hududini himoya qilishga hissa qo‘shish uchun Ramshteynda AWACS samolyotini joylashtirishidan ayniqsa mamnunman”, — dedi Shols.
Albanese, o‘z navbatida, samolyot 6 oy davomida havo patrullarida ishtirok etishini, missiyada 100 nafar harbiy xizmatchi ishtirok etishini aytib o‘tdi.
Izoh (0)