AQSH harbiylari Suriyadan Iroqqa 39 ta neft ortilgan avtosisternani olib ketdi, deya xabar bermoqda Suriya davlat agentligi SANA manbalarga tayanib.
Suriyaning Al-Hasaka viloyatidagi Al-Yarubiya tumanidagi manbalarga ko‘ra, neft ortilgan 39 ta avtosisterna harbiy mashinalar hamrohligida viloyatda noqonuniy faoliyat yuritayotgan "Mahmudiya" chegara punkti orqali Suriyadan Iroq shimoliga yo‘l olgan.
Shuningdek, manbalarning qo‘shimcha qilishicha, AQSH harbiylari noqonuniy bazalarini mustahkamlash doirasida Al-Hasakadagi “Al-Valid” nazorat punkti orqali sement va logistika materiallari ortilgan 30 ta yuk mashinasi va sisternalarni Suriyaga olib kirgan.
Avvalroq Suriya tashqi ishlar vaziri Faysal Miqdod 2011-yildan 2022-yilgacha mamlakatning neft-gaz sohalariga yetkazilgan zarar 107 milliard dollarni tashkil etganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)