Namanganlik ziyoratchilarning ilk guruhi haj safaridan qaytdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Jidda—Namangan yo‘nalishida uchib kelgan Boeing 767 rusumli havo kemasi 247 nafar namanganlik ziyoratchini viloyatga olib keldi.
Ular safida 105 yashar Ibrohim ota Xo‘jayev ham bor edi.
Mutasaddilarning maʼlum qilishicha, joriy yil haj mavsumida 1 634 nafar namanganlik ushbu muborak safarga borishga muvaffaq bo‘ldi.
Ular 14-iyulga qadar jami 14 ta reysda viloyatga olib kelinishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)