Las-Vegas shahrida O‘zbekiston vaqti bilan 9-iyul tongida UFC 290 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning asosiy jangi yarim yengil vazn toifasida Aleksandr Volkanovski (26-2) va Yair Rodriges (15-4) o‘rtasida kechdi. Volkanovski uchinchi raunddagi zarbalar seriyasidan keyin raqibini texnik nokautga uchratdi.
Aleksandr Pantoja esa Brendon Morenoni yengib, mutlaq yengil vazn divizioni chempioniga aylandi.
Shu va boshqa janglar natijasi bilan quyidagi tanishing:
Asosiy kard
Aleksandr Volkanovski 3-raundda Yair Rodrigesni nokautga uchratdi;
Aleksandr Pantoja Brendon Morenoni ochkolar evaziga mag‘lub etdi;
Drikus Dyu Plessi tajribali Robert Uittakerni 2-raundda taslim etdi;
Den Huker Jelin Tyorner ustidan g‘alaba qozondi;
Bo Nikal 38-soniyada Val Vudbyornni nokautga uchratdi;
Prelim kard
Robbi Louler 1-raundda Niko Praysni nokaut qildi;
Tatsuro Taira ochkolar evaziga Edgar Chayresni yengdi;
Deniz Gomes 1-raundda Yazmin Hauregini nokaut qildi;
Alonzo Menfild 2-raundda Jim Krutni nokaut qildi;
Vitor Petrino 3-raundda sabmishen bilan Marchin Prachnioni yutdi;
Kemeron Saayman 1-raundda Terrens Mitchellni nokaut qildi;
Xesus Agilar 1-raundda Shennon Rossni nokaut qildi;
Esteban Ribovich ochkolar evaziga Kamuela Kirkni yutdi.
Izoh (0)