UEFA va KONMEBOL mintaqaviy turnirlar g‘oliblari o‘rtasidagi o‘yinlarni o‘zkatishni boshlamoqda.
UEFA rasmiy saytida Yevropa Ligasi va Sudamerikana Kubogini qo‘lga kiritgan jamoalar o‘rtasida kechadigan Challenge Cup yaratilgani xabar qilindi.
“Antonio Puerta XII” deb nomlangan ushbu formatdagi ilk o‘yin 19-iyul kuni “Ramon Sanches Pisxuan” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda “Sevilya” (Ispaniya) va “Independyente del Valye” (Ekvador) o‘zaro kurash olib boradi.
O‘yin 90 daqiqa davom etadi va qo‘shimcha bo‘limlar bo‘lishi ko‘zda tutilmagan. Asosiy bo‘limlarda durang qayd etilsa, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadi hamda maxsus kubok va medallarga ega bo‘ladi.
UEFA hakamlarni tayinlash uchun mas’ul bo‘ladi.
Izoh (0)