• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Gollivudning anchadan beri ko‘rinmay qolgan aktyor va aktrisalari hozirda nimalar bilan band?

    Shunday mahoratli aktyor va aktrisalar borki, birgina filmda yorqin rol ijro etgach ekranlardan g‘oyib bo‘lishadi. Ammo ularning sodiq muxlislari hali hanuz ularni kutishadi, sog‘inishadi.

    Marion Kotiyar

    Foto: AdMe

    Marion Kotiyarning aktrisalik karyerasi teatrdagi spektakl va teleseriallardagi kichik rollardan boshlangan. “Taksi” filmi yosh aktrisa uchun haqiqiy yutuq bo‘lib, uni bir zumda mashhur qildi. Shundan so‘ng Marion Gollivudga ko‘chib o‘tib, inglizcha filmlarda rol o‘ynay boshladi. Bu uni aqlbovar qilmaydigan muvaffaqiyatga olib keldi: Edit Piaf hayoti haqidagi “Pushtirang hayot” filmi uchun (2007) aktrisa “Sezar”, “Oltin globus” va “Oskar” mukofotlarini qo‘lga kiritdi. Marion nafaqat filmlarda rol o‘ynagan, balki ko‘plab multfilmlarga ovoz bergan, shuningdek, bir nechta qo‘shiq va saundtreklarni chiqargan.

    Qiziq tomoni, go‘zal yuzi butun dunyo bo‘ylab 300 dan ortiq jurnallarni bezatgan ayol birorta ham erkakning qonuniy rafiqasi bo‘la olmagan. Marion Kotiyar uzoq yillar davomida do‘sti bo‘lgan rejissor va aktyor Giyom Kane bilan uchrashadi — ularning ikki nafar farzandi bor.

    Metyu Lillard

    Foto: AdMe

    “Qichqiriq” va “Skubi Du” filmlarining yulduzi 90-yillarda mashhur bo‘lgan, 2000-yillarda ko‘p rol o‘ynagan, ammo so‘nggi paytlarda u asosan dramatik va kriminal seriallarda ishtirok etmoqda.

    Nikki Rid

    Foto: AdMe

    “Sumerki” sagasidan beri aktrisaning karyerasida yorqin loyihalar bo‘lmagan, ammo Nikkining eng yaxshi roli hali oldindadir ehtimol. Ayni paytda u jonivorlar huquqlarini faol himoya qiladi va ko‘ngilli sifatida ishlaydi.

    Sami Naseri

    Foto: AdMe

    Aktyor “Taksi” filmining 3 ta qismida ham rol o‘ynab, dunyoga mashhur bo‘ldi, hatto 2006-yilda Kann kinofestivalida “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida mukofot oldi. Ammo shon-shuhrat va muvaffaqiyat unga baxt keltirmadi. Sami Naseri o‘zining janjalli xatti-harakati tufayli bir necha bor qonun bilan muammoga duch keldi.

    Shunga qaramay, aktyor filmlarda rol o‘ynashda davom etmoqda, xususan, 2021-yilda u “Qutqaruvchi” filmida paydo bo‘ldi. Hozirda shaxsiy hayoti ham ko‘ngildagidek: 2005-yilda u “Beshinchi element” va “O‘zga sayyoraliklar-2” filmlarida kichik rollarni ijro etgan aktrisa Mari Gilardga uylangan.

    Mett Leblan

    Foto: AdMe

    Mett “Do‘stlar”da Joui Tribbiani rolini o‘ynab, butun dunyoga mashhur bo‘ldi. Ammo 2000-yillarda u tanaffus olishga qaror qiladi. Dastlab Leblan avtomobillarga bag‘ishlangan mashhur Top Gear teleko‘rsatuviga boshlovchilik qilgan, keyinchalik o‘zini ommaga tanitgan sitkomda o‘ynaydi.

    Emma Viklund

    Foto: AdMe

    “Taksi” filmida Emiliyen go‘zal Petra oldida pakanadek ko‘rinadi, lekin aslida aktyorlarning bo‘y farqi unchalik katta emas: Frederik Diefentalning bo‘yi 171 sm bo‘lsa, Emma Viklundniki 177 sm.

    Shvetsiyalik bu ko‘k ko‘zli mallasoch filmda suratga tushishdan oldin model sifatida ajoyib karyera qilgan va Elle jurnalining bir nechta muqovalarida paydo bo‘lgan. Hozir u shved jurnalistiga turmushga chiqqan — er-xotinning ikki farzandi bor.

    Frederik Diefental

    Foto: AdMe

    Frederik Diefental omadi yurishmagan politsiyachi Emiliyen rolini o‘ynagunga qadar turli faoliyat bilan shug‘ullangan: u qandolatchiga shogird tushgan, arxitektura, sartaroshlik va mehmonxona biznesini o‘rgangan. Aktyor “Taksi” filmining 4 ta qismida ham rol o‘ynagan, oxirgi marta 2022-yilda Fransiyaning “Neige” kriminal serialida bosh rolda suratga tushgan.

    Aktyor oila qurgan — uch farzandi bor. U mehribon ota sifatida bolalari bilan ko‘p vaqt o‘tkazadi va ularning zavqlanishi uchun asalari Mayyaning shoxchalarini kiyib, hazil qilishdan uyalmaydi.

    Liv Tayler

    Foto: AdMe

    Tayler “Armageddon” dramasidagi Greys va “Uzuklar hukmdori” trilogiyasidagi elf Arven rollari bilan dunyoga mashhur bo‘ldi. Aktrisaning so‘nggi asosiy filmlari orasida u Bred Pitt bilan birga rol o‘ynagan “Yulduzlarga” ilmiy-fantastik filmidagi roli ham bor. Bo‘sh vaqtlarida Liv uch nafar farzandini tarbiyalaydi va xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi.

    Jek Glison

    Foto: AdMe

    Irlandiyalik aktyor “Taxtlar o‘yini” teleserialida Joffri Barateon rolini o‘ynagan. Ijobiy jihati shundaki, Jek yaqinda o‘zining uzoq yillik sevgilisi Roysin Maxoni bilan kamtarona to‘y qilib turmush qurdi.

    Jan-Kristof Buve

    Foto: AdMe

    Jan-Kristof Buvetning aktyorlik kasbiga kirishi tasodifan bo‘lmagan: uning onasi Polett Buve ham mashhur aktrisa edi. Aktyor “Taksi” filmining 2, 3 va 4-qismlarida rol o‘ynagan, shuningdek, 2006-yilda “Mari Antuanetta” filmida gersog de Shuazel rolini ijro etgan. Buve 20-Belfort kinofestivalida hakamlar hay’ati a’zosi bo‘lgan va hanuzgacha filmlarda rol o‘ynashda davom etmoqda, xususan, 2020-yilda “Emili Parijda” teleserialida suratga tushgan.

    Ketrin Zeta-Jons

    Foto: AdMe

    Chiroyli va mashhur, turli mukofotlar, shu jumladan “Oskar” sovrindori Ketrin deyarli aktrisalikni to‘xtatdi. Ba’zan u faqat qiziqarli rollarni tanlash orqali muxlislarni xursand qiladi. Misol uchun, u so‘nggi marta “Uenzdey” filmida rol o‘ynadi. Hozirda aktrisa xayriya ishlarida faol ishtirok etadi va o‘zining uy bezatish mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.

    05.07.2023, 15:44   Izoh (0)   15591
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Obraziga o‘zgartirish kiritishni xohlamay, rejissor talablariga qarshi chiqqan aktyor va aktrisalar (foto) 

    04.07.2023, 11:30

    Sobiq birinchi xonim, advokat, aktrisa: Millionerlarning sohibjamol va o‘z karyerasiga ega rafiqalari (foto)

    05.07.2023, 14:08

    Instagram: Yulduz Usmonova samolyot sotib oldimi? “Qodirxon” aktrisasi turmushga chiqdi, Ra’no Shodiyevaning kasalligi haqidagi haqiqatlari

    04.07.2023, 21:45

    Amerikalik xonanda Teylor Svift bitta konsertdan 13 million dollar ishlab topmoqda

    04.07.2023, 19:15

    “Kaniza bilan duet kuylamayman, chunki u qo‘shiqchi emas”  — xonanda Yagona san’atdagi dushmanlari va biznes bilan shug‘ullanayotgani haqida (foto) 

    04.07.2023, 17:34

    “Ukamning kontrakt pulini to‘lash uchun arava sudraganman”. Dilshod Musabekov faoliyati avvalidagi moddiy qiyinchiliklar haqida  

    03.07.2023, 14:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50

    “Turmushga chiqishimni o‘ylab bunday rollarni rad etyapman”. Aktrisa Nozanin Gaffarova kasbidan voz kechmasligi va katta tanqidga uchragani haqida

    Layfstayl | 12 may, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.