Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kiyev imkon qadar ko‘proq mamlakatlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri mojaroga tortish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotganini ma’lum qildi.
"Ko‘pchilik davlatlar mojaroga to‘g‘ridan to‘g‘ri ham, bilvosita ham kirib bo‘lgan”, — dedi u.
Shuningdek, Peskov Vladimir Zelenskiyning Bolgariyaga tashrifiga ham munosabat bildirib o‘tdi.
“Zelenskiy qurol-yarog‘ yetkazib berish mavzusini bolgarlar bilan ham muhokama qilishi aniq”, — dedi Peskov. jurnalistlar bilan suhbatda.
Bugun 6-iyul kuni Zelenskiy Bolgariyaga respublika hukumatining taklifiga binoan keldi. Ukraina prezidentining o‘zi Telegram’da aniqlik kiritishicha, tashrif chog‘ida u bolgariyalik hamkasbi Rumen Radev va mamlakat Vazirlar mahkamasi rahbari Nikolay Denkov bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)