• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Ellada ovchisi”. Troyani “vayron qilib”, rus imperatori g‘azabiga uchragan ustasi farang olim — Shlimanning nayranglarga boy hayoti

    Genrix Shliman butun dunyoga Troya xarobalarini topgan inson sifatida tanilgan. U qazishma ishlariga ulkan mablag‘ ajratib kelgan bo‘lsa-da, ilmiy hamjamiyat uning faoliyatini yoqlamaydi. Shliman uzoq yillar davomida Peterburgda yashagan va Rossiya fuqarosi bo‘lgan, ammo u oilasi oldiga kelishni istaganida, Aleksandr II olimning iltimosiga keskin javob qaytargan: “Mayli kelaversin, osaman”. “Daryo” “100 buyuk inson” loyihasi doirasida Shliman atrofidagi bahs-munozaralar, unga bog‘liq uydirmalarga oydinlik kiritadi.

    Genrix Shliman
    Foto: Global Look Press

    Illyuziyalar ustasi

    Shliman antik tarixga bo‘lgan muhabbati va tijoriy iqtidoridan tashqari yana bir xususiyatga ega edi: u uchchiga chiqqan yolg‘onchi hisoblangan. U maqsadli ravishda o‘zi haqida afsonalar yaratadi, ammo oxir-oqibat buning o‘zi uning faoliyatiga zarba beradi.

    Shliman o‘z hayoti tarixini yoshligidan va hali tanilmagan vaqtidan yoza boshlaydi. U o‘z sarguzashtlarini batafsil va qiziqarli tasvirlash uchun yetarlicha qat’iyatga ega edi, vaqt o‘tishi bilan esa ularni nashr etish hamda yoyishga yetarli mablag‘ to‘pladi. Uning kitoblaridagi ma’lumotlar, shuningdek, batafsil yozilgan “Avtobiografiya” uzoq yillar davomida Troya kashfiyotchisi haqida asosiy manba bo‘lib keldi.

    Olimlar Shlimanning kitoblarida ko‘plab noaniqliklar borligiga e’tibor qaratgunga qadar, ancha vaqt o‘tadi. Gap shundaki, Shliman umri davomida shaxsiy arxivini yuritib kelgan — u 20 yil turli hujjatlar, maktublar, kitoblarni to‘plagan, kundalik tutgan. Hozirda uning Afinadagi Amerika klassik tadqiqotlar maktabi, AQSH va Germaniya kutubxonalarida saqlanayotgan qo‘lyozma merosi yuzlab tomga sig‘adi. XX asr oxirida Shlimanning hayotiga bog‘liq jiddiy ilmiy ishlar chop etiladi — u Gomer poemasini o‘qib, Troyani topishga qasam ichgan qashshoq bolakay haqidagi romantik afsonani yo‘qqa chiqargandi.

    Shliman tug‘ilgan uy, Germaniya
    Foto: Global Look Press

    Ma’lum bo‘lishicha, Shliman hayotidagi antik mavzu ancha keyin paydo bo‘lgan, mashhur “Iliada” tomi esa Rojdestvoda otasi tomonidan sovg‘a qilinmagan, balki Sankt-Peterburgdagi kitob do‘konidan sotib olingan. Bundan tashqari, u AQSH prezidentlari bilan ham uchrashmagan, ajrashishga bog‘liq jarayon hujjatlarini esa umuman soxtalashtirgan. “Albatta, kichik yolg‘on katta ishonchsizlikni yuzaga keltiradi”. Boshqa tomondan Shliman yozgan barcha qaydlar ham uydirma emas va uning insoniyat oldidagi xizmati cheksiz. Quyida guruchni kurmakdan ajratishga harakat qilib ko‘ramiz.

    Dastlabki millionlar

    Moyralar Genrix uchun hayotning chigal kalavasini tuzgandek edi go‘yo. U 1822-yil 6-yanvarda Germaniyaning Pomeraniyasida qishloq ruhoniysi oilasida dunyoga keldi. Oiladagi yettinchi farzandning tug‘urug‘i davrida ona vafot etadi, ota esa oqsoch ayolga uylanadi va natijada rutbasidan mahrum bo‘ladi. Yashash uchun pul yo‘qligi bois bolalar qarindoshlarinikiga tarqatib yuboriladi. Shunday qilib, 10 yoshli Genrix Kalkxorstdagi amakisinikiga kelib qoladi. Bola bir muddat gimnaziyada o‘qiydi, biroq uni yakunlay olmaydi — 14 yoshidan baqqolga yordamchi bo‘lib ishga joylashadi.

    19 yoshida u Gamburgga ko‘chib o‘tib, to‘g‘ri kelgan ish bilan shug‘ullana boshlaydi: baliq bozorida ishchi, yuk tashuvchi, mardikor. Kunlarning birida yigitga Janubiy Amerikaga borish taklifi kelib tushadi va u rozi bo‘ladi, ammo boshqa qit’aga ko‘chib o‘tayotgan odamlar chiqqan kema dovulga duch kelib, Niderlandiya qirg‘oqlarida halokatga uchraydi. Genrixning ushbu yillardagi hayotiga oid ma’lumotlarning yagona manbasi — bu uning o‘zi va unda ko‘plab noaniqliklar mavjud. Masalan, cho‘kib ketgan “Dorotei” yo‘lovchilari orasida Shlimanning familiyasi bo‘lmagan, saqlanib qolgan hujjatlar va o‘sha yillardagi tavsiyanomalarga suv yuqmagan.

    Yosh yigit ushbu tavsiyanomalar va gimnaziyada Yevropa bilimlari borasida olgan bilimlari orqali Amsterdam savdo portidagi “Shreder” firmasidan tezda ish topadi. Aftidan, o‘shanda u til bilish — muvaffaqiyat kaliti ekanini tushunib yetgan. Shu boisdan Shliman bo‘sh vaqt topildi deguncha til o‘rganishga kirishadi, avvaliga u ingliz va fransuz tilini takomillashtiradi, keyin esa italyan, portugal va rus tillarini o‘rganadi.

    Genrix Shliman
    Foto: Wikimedia Commons

    Shlimanning repetitorga puli bo‘lmagan, u tillarni kitoblardan va Amsterdam portida uchratish mumkin bo‘lgan turli millat vakillari bilan suhbatlar davomida o‘rganadi. Hayratlanarli jihati, Shliman to‘rt yil ichida yugurdak bolakaydan ko‘plab xodimlarga ega byuro rahbari lavozimiga ko‘tarilganida edi. O‘shanda bo‘lajak biznesmen o‘zining shaxsiy “startapi”ni yaratishga qaror qiladi va bor sa’y-harakatini sinaydigan maydon sifatida Rossiyani tanlaydi.

    Shliman Sankt-Peterburgga 1846-yilda yetib keldi. Jamg‘armasi u qadar ko‘p bo‘lmagan yigit, pulni kiyim-kechakdan boshqa barcha narsaga tejab ishlatar edi: Genrix odamlar kiyimga qarab kutib olishlarini yaxshi tushunar, shu boisdan qimmat ingliz kostyumlarini kiyishni kanda qilmasdi. Shubha yo‘qki, Shliman iqtidorli tadbirkor edi — tezkor tijoriy muvaffaqiyati bundan dalolat beradi. U Rossiyaning yuqori savdo doiralarida tezda obro‘ qozondi. Shu bilan birga, u o‘zini sirli shaxs sifatida tutib keladi: rus hujjatlarida uning ismini o‘ngga yaqin variantlari keltirilgan. Singlisiga mo‘ynaga qo‘shib yuborgan surati ostiga esa “Imperator banki direktori” deya imzo qo‘yadi, aslida ushbu tashkilotga uning hech qanday aloqasi yo‘q edi.

    Agamemnonning oltin niqobi nusxasi
    Foto: David Von Becker

    Oltin vasvasasi

    1850-yilda Shliman Amerikaga yo‘l olgan akasi Lyudvik vafot etganidan xabar topadi. Noma’lum sabablarga ko‘ra, Genrix uning izidan Kaliforniyaga yo‘l oladi va ayni “oltin vasvasasi” boshlangan davrga duch keladi. U yonida bo‘lgan mablag‘lardan daromadli tashkilot tuzadi. Genrix oltin qumini qazuvchilardan joyida sotib olar, keyin esa bankka qimmatroqqa sotardi. O‘rtadagi farq — uning foydasi. Ushbu biznes ancha xatarli edi — Shliman yostig‘i ostiga revolverini qo‘yib uxlashga majbur bo‘lganini yozgan, ammo daromad ham tavakkal qilishga arzir edi. Shliman Rossiyaga qaytganida oldingidek o‘rtamiyona tadbirkor emas, balki badavlat insonga aylangan.

    Genrix o‘z hayotini Rossiya bilan jiddiy bog‘lashga qaror qiladi. U rus fuqaroligini oladi, rasman savdogarlarning 2-gildiyasi a’zosiga aylanadi, ukasi va singlisini Sankt-Peterburgga olib kelib, ish bo‘yicha hamkorining jiyani Yekaterina Lijinaga uylanadi.

    Tez orada Qrim urushining boshlanishi Shliman kapitalining yana bir necha barobarga ortishiga xizmat qildi. Ko‘plab nashrlar u armiyaga sifatsiz tovar yetkazib bergani haqida yozadi, lekin buning hech qanday dalili yo‘q. Savdogarga nisbatan urush vaqtida ham, undan keyin ham jinoyat ishi ochilmagan, ommaviy ayblov e’lon qilinmagan. Shliman o‘z yo‘nalishini tezda topib oladi, turli sabablarga ko‘ra Angliya va Fransiya bilan savdolar to‘xtatilgach, u raqobatchilaridan bozorni tortib olishga muvaffaq bo‘ladi. Shliman firmasi asosan choy va indigo (tekstil sanoatida ishlatiladigan bo‘yoq) bilan savdo qilgan.

    Londonda ma’ruza o‘qiyotgan Shliman
    Foto: Global Look Press

    Hal qiluvchi onlar 1850-yillar oxirida boshlanadi. Barcha narsaga erishgan savdogar zerika boshlaydi, tijoriy ishlar uni endilikda qiziqtirmay qo‘ygandi. U inersiya bo‘yicha yashardi — ishlarni nazorat qilar, sport bilan ko‘p shug‘ullanar, qadimgi grek tilini o‘rganar edi. Shliman dunyo kezishni boshlaydi. Germaniya, Italiya, Misr, Falastin, Suriya, Turkiya, Gretsiya. Rossiyaga qaytgach, yana ishga sho‘ng‘ib ketadi. Tijoriy sud a’zosi etib saylanadi, poytaxt 1-gildiyasi savdogari, faxriy fuqaroga aylanadi. Shundan so‘ng, u yana dunyo bo‘ylab sayohatga yo‘l oladi.

    Rasman u yangi savdo aloqalarini o‘rnatish uchun tijoriy takliflarni topish uchun yo‘lga chiqqandi va qisman bu haqiqatdir. Shliman tijoratga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotib, o‘z imkoniyatlari uchun yangi takliflarni izlagani esa boshqa ish. U o‘z sayohati haqida fransuz tilida bitilgan kitobida yozib qoldirgan. Shliman u yerda o‘z o‘quvchilariga ilk bor uzoq davlatlarning qadimiy madaniyatiga duch kelganini qayd etadi.

    Rossiyaga qaytgan Shliman rafiqasini o‘zi bilan birga Yevropaga ketishga undaydi, biroq rad javobini oladi. 1865-yilda u Peterburgdagi ishlarini yig‘ishtirib, bor mablag‘larini oladi-da Parij tomon otlanadi. U pullarini ko‘chmas mulkka yo‘naltiradi — bu vaqtda shahar baron Osman tomonidan rekonstruksiya qilinayotgan edi. Shliman ko‘plab daromad keltirgan yettita ko‘p qavatli uyning qurilishida ishtirok etadi. Barqaror daromad manbaiga ega bo‘lgach, 42 yoshli tadbirkor o‘qishga yo‘l oladi. Aniqrog‘i, o‘zini qiziqtirgan mavzularda ma’ruza qiladigan universitet professorlaridan pulga ta’lim ola boshlaydi. Shu orqali u imtihonlarsiz diplomni qo‘lga kiritadi.

    Yekaterina Petrovna avvalgidek Parijga ko‘chib o‘tishni istamaydi, erining o‘qishga kirganini esa telbalik deya qabul qiladi. Shu bilan birga, ayol eri bilan ajrashishni ham xohlamagan. Aftidan, shu vaqtda Shliman o‘z taqdirini belgilab bergan ikkita qarorni qabul qiladi: o‘zini ilmga bag‘ishlash va yangi oila qurish.

    Katta shijoat bilan u o‘z g‘oyalarini amalga oshirishga kirishadi. Ajrim AQSHda rasmiylashtiriladi. Avvaliga Shliman va uning advokatlari sudga Genrix oxirgi besh yil davomida Nyu-Yorkda yashagani va hatto mahalliy firmada ulushga ega ekani haqida hujjatlarni taqdim etadi — bu unga fuqarolik olish imkonini beradi. Ajrimni rasmiylashtirishda esa Shliman Yekaterinaning eri bilan ko‘chib o‘tishni istamasligi haqidagi maktubidan foydalanadi. Hujjat soxta bo‘lsa-da, sudya unga e’tibor qaratmaydi. Ruxsatsiz ikkinchi fuqarolikni olish va qo‘shxotinlik sabab Aleksandr II unga osishni va’da qilgandi.

    Ko‘p o‘tmay Shliman o‘zidan 30 yosh kichik bo‘lgan gretsiyalik Sofiya Engastromenaga uylanadi. Bu nikoh emas, balki Genrix qizni sotib olishi edi, chunki oila bankrotlikdan chiqish maqsadida tadbirkor taklifida rozilik bergandi.

    Sofiya Engastromena va Genrix Shliman
    Foto: Wikimedia Commons

    Ilmiy karyerani boshlash uchun biznesman avvaliga rasmiy maqomga ega bo‘lishi kerak edi. Bunga esa Rostok universiteti orqali erishadi. Akasi orqali Shliman u yerga kitoblari va qo‘lyozmalarini yuborib, doktorlik darajasini oladi.

    Shliman antik davrga tegishli hududlarning aksar qismini oddiy turist sifatida kezib chiqadi. Keyinchalik u yoshligidan Gomerning “Iliada”si ertak emasligiga ishongani, afsonaga aylangan Troya urushi rostdan ham bo‘lgani haqida yozadi.

    Mashhurlik ostonasida

    Shlimanning qaydlariga ko‘ra, 1869-yil 8-avgust kuni u birinchi marta fransiyalik san’atshunos Jan-Batist Leshavalye va avstriyalik diplomat Iogann Georg fon Xan tomonidan Troya qayerda joylashganini yozgan Troada viloyatiga boradi. Olim bir hafta davomida mahalliy hududni o‘rganib chiqadi, biroq qiziqarli hech narsa topa olmaydi. U Istanbulga suzib ketish uchun Chanoqqal’aga keladi, ammo u kemaga kech qolgandi. Mazkur kutilmagan tasodif Troya arxeologiyasi tarixini ochishga xizmat qiladi.

    “Sher darvozalari” ustida turgan Shliman
    Foto: Wikipedia

    Katta ehtimol bilan Shliman Dardanelldagi Britaniya konsuli Frenk Kalvertning uyiga parijlik biror tarixchining tavsiyasi yoki Myurrey ma’lumotnomasidan xabar topib kelgan. Kalvert topografiya va qadimgi Troada bilimdoni hisoblangan, eng muhimi — ushbu hududdagi arxeologik qazishmalarda tajribaga ega bo‘lgan. U qadimiy Ilion xarobalarini Hisorlik do‘ngliklaridan qidirish kerakligi haqida aytib kelgan; bundan tashqari, olim arxeologik yodgorlikning qiymati yuqoriligini anglab, mazkur do‘ngliklarning yarmini o‘z nomiga o‘tkazib olgan. Ammo unda qazishma ishlari uchun pul yo‘q edi. Ingliz Shliman qiyofasida jiddiy tadqiqotlarni o‘tkazishga moddiy yordam beradigan shaxs timsolini ko‘radi, Genrix esa “Iliada”dagi Troyani topish g‘oyasiga oshno bo‘lib qoladi.

    1871-yilda keng ko‘lamli ishlar boshlanadi, Shliman barchasini shaxsan o‘zi nazorat qilish maqsadida professional arxeologlar xizmatidan voz kechadi. Kalvert qazishmalarda ishtirok etmagan — u bezgakdan aziyat chekib to‘shakka mixlanib qolgandi. Keyingi voqealar ko‘pchilikka ma’lum: Shliman tepalikni ikkita yo‘l orqali kesib o‘tib, haqiqatda Troyadan salkam 1 000 yilga katta, shoh Priamning noyob shahriga duch keladi. Ammo buni olimning o‘zi tushunmasdan, Gomer tasvirlagan shahar izlari deb o‘ylagan. Shliman ushbu yangilikni butun dunyoga ma’lum qiladi, natijada mutaxassislar topilma va vaqtdagi noaniqliklarni payqaydi. Qazishma ishlaridagi qo‘pol xatoliklar sabab esa ilmiy yodgorlik deyarli butunlay yakson etilgandi.

    Mikenada topilgan tilla buyumlar, Afina milliy arxeologik muzeyi
    Foto: Wikimedia Commons

    Buyuk ishlar oqibati

    Shliman mashhurlik ilinjida Kalvert, turk hukumati, ilmiy hamjamiyat bilan janjallashib qoladi. Kontrabanda yo‘li bilan “Priam boyliklari”ni olib chiqib ketmoqchi bo‘lganida, uni ushbu qimmatbaho buyumlarni o‘g‘rilardan sotib olganlikda ham gumon qilishadi. Ayblovda mantiq bor edi, chunki afsonaviy shohning xazinasi turli tarqoq buyumlardan ko‘ra bir necha bor qimmat bo‘lgan, Shliman esa o‘z topilmasi ortida boylik orttirish niyatini yashirmagan. U ancha vaqt Britaniya muzeyi, Luvr va Ermitajga Troya oltinlarini “joylashtirishga” urinadi. Natijada topilmalarni sotish imkoni yo‘qligini anglab, kolleksiyani Germaniyaga sovg‘a qiladi va mamlakatning faxriy fuqaroligi hamda ordenga ega bo‘ladi.

    Foto: Wikipedia

    Shliman umrining oxiriga qadar mashhurlikka erishish maqsadida qilgan xatolarini to‘g‘rilash ilinjida yashadi. Va qisman bunga erishdi ham. U o‘g‘irlangan boyliklar uchun pul to‘lab, turk hukumati bilan yarashib oldi. Xatoga yo‘l qo‘yganini tan oldi va olimlarga o‘z materiallaridan foydalanishga ruxsat berdi.

    06.07.2023, 09:20   Izoh (0)   14184
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Yovvoyi erkak”: bolaligida qizlar kiyimida yurgan, joniga qasd qilgan to‘pponchaga esa o‘z nomini “qoldirgan” Ernest Heminguey va uning hayot zavqi

    20.05.2023, 16:25

    “Gilyotinaga qadam”. Yengil-yelpi hayot tarzi, farzandsizlik dog‘i va o‘zi aytmagan ibora bilan tanilgan Fransiya qirolichasi — Mariya-Antuanetta taqdiri

    31.05.2023, 09:52

    “Uni biror ayol bilan yolg‘iz qoldirib bo‘lmasdi”. AQSH prezidenti Jon Kennedining o‘ldirilishi, “yolg‘iz qotil” atrofidagi farazlar va beva Jaklinning keyingi tur...

    03.07.2023, 09:33

    Pivo simirayotgan eshak, raketa hujumidan vafot etgan mashhur yozuvchi, uy ichiga kirib ketgan avtobus — 5-iyul suratlari

    05.07.2023, 23:15

    Xitoyda ayol qizini onlayn o‘yinlardan chalg‘itish uchun unga plastik operatsiya sovg‘a qildi

    05.07.2023, 22:40

    Polsha prezidenti Ukraina soddalashtirilgan tartibda NATOga qabul qilinishiga umid qilmoqda

    05.07.2023, 22:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Sistit — bu uyat emas!


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40

    Qizil kitobga kiritilgan 15 ta ilonni O‘zbekistondan olib ketayotgan fuqaro qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 31 may, 11:20

    Tramp Putin va Zelenskiyni juda qaysar deb atadi

    Dunyo | 31 may, 10:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.