Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Fuqaro M.S. Cobalt‘da 4 turdagi jami 8 920 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini Namangan shahridagi “Sardoba” bozori atrofida o‘tkazish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)