Surxondaryo viloyati Termiz shahrida IIB xodimlari 3 nafar fuqaroning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 4-iyuldan 5-iyulga o‘tar kechasi tungi soat 3:30 lar atrofida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlar Termiz shahar At-Termiziy shohko‘chasida joylashgan kafeda yong‘in sodir bo‘layotganini aniqlagan. Patrul-post xizmat xodimlari manzilga kelgan vaqtida uch nafar fuqaro bino ichida uxlab yotgan bo‘lgan.
Kuchli tutun ta‘sirida karaxt holga tushgan fuqarolar zudlik bilan tashqariga olib chiqilib, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ularning barchasi sog‘-salomat ekani ta‘kidlangan.
Izoh (0)